Skip to content

Latest commit

 

History

History
19 lines (11 loc) · 3.75 KB

1.-entry-vs-entry-python.md

File metadata and controls

19 lines (11 loc) · 3.75 KB

1. Entry vs Entry-Python

Entry - Naver bilan bog'langan Connect Foundation nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va homiylik qilingan ochiq manbali ta'lim kodlash tilidir (EPL: Educational Programming Language). Xususan, Koreyada bu yuqori darajali blokli kodlash tili (a high-level block-based visual programming language, keyinchalik blokli kodlash tili) dasturlashni o'rgatishda eng keng qo'llaniladi.

Dunyoda allaqachon eng mashhur bo'lgan MIT Scratch bilan solishtirganda, farq bor va shu bilan katta ustunlikdir, chunki u rejalashtirish bosqichidan boshlab blokli kodlashni joriy etishgacha bo'lgan til sifatida yaratilgan va oxir-oqibat matnli kodlashni (text-based programming language deb yuritiladi) joriy etish. Matnli dasturlash bilan tanishish ushun Python tili tanlangan. Python tili matnli dasturlash tillari orasida o'rganish eng oson til bo'lib, ayniqsa, yaqinda e'tibor markazida bo'lgan ma'lumotlarni tahlil qilish va sunʼiy intellekt sohalarida foydalanishga yaroqli tildir, shuning uchun u universal tarzda birinchi matnli dasturlash tili sifatida qo'llaniladi.

{% hint style="info" %} Piton(Python): Python 1991-yilda gollandiyalik dastur muhandisi Guido van Rossum tomonidan chiqarilgan yuqori darajadagi dasturlash tili. Bu obyektga yo'naltirilgan til bo'lib, interpretator ishlatadi va platformadan mustaqil, dinamik tipli interaktiv til. Python-ning kuchli kutubxonalari va boy ekotizimlari yordamida siz ma'lumotlarni to'plashingiz, tahlil qilishingiz va vizualizatsiya qilishingiz mumkin. Python-ning ma'lumotlarni tahlil qilish sohasida keng qo'llanilishining sabablaridan biri uning boshqa dasturlash tillariga nisbatan oson va soddaligidir.

Manba: Wikipedia {% endhint %}

Biroq, Entryda o'rnatilgan "Entry-Python" faqat Entry uchun mo'ljallangan Python tili deb aytish mumkin. Bu asl Python tilining asosiy grammatikasini o'rganish uchun o'quv maqsadlarida asl Pythonning kichik versiyasi sifatida ko'rib chiqilishi mumkin va shuning uchun u to'liq Pythonning o'zi emasligi sababli, kodlashda qo'llab-quvvatlanmaydigan asl Python sintaksisi mavjudligini doimo esda tuting.

Bizning maqsadimiz "Entry-Python" orqali iloji boricha tezroq Pythonning asosiy sintaksisini o‘zlashtirib, imkon qadar tezroq asl Pythonga o‘tish va blokli kodlashni butunlay tark etib, endilikda faqatgina matnli kodlash (dasturlash) bilan shug‘ullanishdir. Shu sababli, Entry-Python ichida juda katta umid va maqsaddan oshib ketgan darajada foydalanish ruhiy salomatlik uchun yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Buning sababi shundaki, afsuski, Entry-Python o‘zi kutilganidan ko‘ra mukammal emas (masalan, kodda sintaksis xatolari bo‘lmasa ham, xatolik borligini ko‘rsatib, dastur ishlamay qolishi kabi holatlar; buni mashq bajarib ko'rsangiz, tushunasiz). Shuning uchun biroz murakkab kodlashni boshlaganingizda bunday muammolarga duch kelish ehtimoli oshadi.

Xulosa qilib aytganda, Entry-Python blokli kodlashdan matnli kodlashga o‘tishni endigina boshlaganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, matnli kodlash dunyosiga kirib, dastlabki qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun yaratilgan. O‘zimizga tanish bo‘lgan blokli kodlash muhiti ichida klaviatura orqali matnli kodlashni sinab ko‘rib, u blokli kodlashdan uncha farq qilmasligini tushunish va shuning evaziga matnli kodlash unchalik murakkab emas degan noto‘g‘ri tasavvurni yo‘qotish Entry-Pythonning asosiy maqsadiga erishish bo‘ladi.